"Inter Mayami" va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi afsonaviy Diego Maradona haqida gapirdi.

"Argentinaliklar uchun Maradona har doim buyuk va hayrat manbai bo'lgan. Men kichkina edim, lekin uning jonli o'yinlarini ko'rganman.

Diego shunchaki futbolchi emas edi - u futboldan ham ko'proq narsani o'zlashtirdi", dedi Messi.