Messi Argentina terma jamoasi safida 200-o'yinini o'tkazadi

Bugun Lionel Messining Argentina terma jamoasidagi yubiley uchrashuvi bo'lib o'tadi.
«Inter Mayami» hujumchisi JCh-2026 guruh bosqichi birinchi turidan o'rin olgan Jazoirga qarshi o'yinda «albiseleste»ning asosiy tarkibidan joy oldi. Ushbu bahs Messi uchun Argentina milliy jamoasi libosidagi 200-o'yin bo'ladi. Bundan oldingi 199 ta uchrashuvda sakkiz karra «Oltin to'p» sohibi 117 ta gol urgan.
Lionel Messi Argentina terma jamoasidagi debyutini 2005 yilning yozida, 18 yoshida o'tkazgan edi. Bir haftadan keyin hujumchi 39 yoshga to'ladi. E'tiborli jihati shundaki, Lionel tarixda oltita jahon chempionatida maydonga tushgan birinchi futbolchiga aylanadi.