Messi Argentina terma jamoasi ixtiyoriga qaytdi

Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi milliy jamoa ixtiyoriga qayta qo'shildi. Bu haqda Argentina terma jamoasi matbuot xizmati xabar berdi.
Argentina jamoasi oktyabr oyida ikkita o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishi rejalashtirilgan — Venesuela (1:0) va Puerto-Rikoga qarshi. 38 yoshli futbolchi birinchi o'yinni o'tkazib yubordi, chunki u MLS chempionati doirasidagi «Atlanta Yunayted»ga qarshi bahsda (4:0) ishtirok etgan va o'sha uchrashuvda dubl hamda bir golli uzatma amalga oshirgan edi.
Kutilishicha, Messi 15 oktyabr tongida (Toshkent vaqti bilan soat 05:00 da) bo'lib o'tadigan Puerto-Rikoga qarshi o'yinda maydonga tushadi.
Manba: sport24.ru