Messi Angliyaga qarshi o'yinda Ronalduning so'nggi to'rtta JChdagidan ko'proq aldamchi harakatni amalga oshirdi

Lionel Messi gol urmagan bo'lsa-da, JCh-2026 yarim finalida Angliya terma jamoasiga qarshi bahsni yorqin o'tkazdi.
39 yoshli futbolchi ikkita golli uzatmani amalga oshirib, Argentinaga o'yin so'ngida irodali g'alabani tortib olishga yordam berdi — 2:1. Shuningdek, «albiseleste» sardori muvaffaqiyatli aldamchi harakatlar (dribling) bo'yicha ham ajoyib ko'rsatkichni qayd etdi — u raqiblarini to'qqiz marta dog'da qoldirdi. The Touchline nashrining Sofascore ma'lumotlariga tayanib xabar berishicha, Messi ushbu o'yinda uning azaliy «raqibi» Krishtianu Ronalduning so'nggi to'rtta Jahon chempionatida jami amalga oshirgan aldamchi harakatlaridan (sakkizta) ko'prog'ini bitta o'yinning o'zida bajargan.
Eslatib o'tamiz, 41 yoshli Ronaldu Portugaliya terma jamoasi safida joriy mundialning 1/8 finaligacha etib borgan va u erda Ispaniya to'sig'idan o'ta olmagan (0:1). Argentina esa finalda aynan o'sha ispaniyaliklar bilan kuch sinashadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar