Messi Angliya ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng Maradona haqida fikr bildirdi

Argentina terma jamoasining yulduzli hujumchisi Lionel Messi Angliya ustidan qozonilgan g'alabani afsonaviy hujumchi Diego Armando Maradonaga bag'ishladi.
«O'ylaymanki, Maradona hozir jannatda turib, bu lahzalardan zavq olyapti. Bu g'alaba ham u uchun. Biz shunday futbolchi davrida yashayotganimiz uchun omadlimiz. Bilaman, u menga juda yaxshi munosabatda bo'lgan. Bizni bog'lab turadigan go'zal xotiralarni qalbimda asrab yuraman», — deya 39 yoshli futbolchining so'zlarini ijtimoiy tarmoqlarda insayder Fabritsio Romano keltirib o'tdi.
Jahon chempionati-2026 yarim finalida Argentina Angliyani 2:1 hisobida mag'lub etdi. Messi o'tgan uchrashuvda ikkita golli uzatma muallifiga aylandi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar