Argentina terma jamoasi Jazoir (3:0) va Avstriya (2:0) ustidan qozonilgan g'alabalar evaziga JCh-2026 guruh bosqichidan muvaffaqiyatli o'tdi. Argentina jamoasining barcha gollarini Messi kiritdi.

38 yoshli hujumchi faoliyatidagi 6-jahon chempionatida ishtirok etmoqda. Undan tashqari, ushbu turnir hujumchi Krishtianu Ronaldu (Portugaliya) va darvozabon Gilermo Ochoa (Meksika) uchun ham 6-JCh hisoblanadi, biroq ular Lionelning bu natijasini takrorlay olishmaydi.

JCh-2022da Argentina terma jamoasi oltin medallarni qo'lga kiritgan edi. 2018 yilda argentinaliklar 1/8 finalgacha etib borishgan, 2014 yilda esa finalda mag'lub bo'lishgan. 2010 va 2006 yilgi turnirlarda jamoa 1/4 final bosqichida musobaqani tark etgan.

Manba: Stadion.uz