Messi 38 yoshidagi motivatsiyasi haqida gapirdi

Lionel Messi "Inter Mayami"da porlashda davom etmoqda. 38 yoshli argentinalik MLS muntazam chempionatining eng yaxshi to'purari bo'ldi, shuningdek, turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
"Men hech qachon gol urishdan zerikmayman - bu menga yoqadi. Raqobat qilishni, g'alaba qozonishni, jamoaga yordam berishni yaxshi ko'raman. Maydonda ekanman, har doim turli yo'llar bilan imkon qadar ko'proq foyda keltirishga harakat qilaman", - deydi sakkiz karra "Oltin to'p" sohibi.
2 noyabr, yakshanba kuni "Inter Mayami" pley-offning 1-bosqich javob uchrashuvini "Neshvill"ga qarshi o'tkazadi.