Merts Trampga 47-raqamli Germaniya terma jamoasi futbolkasini sovg'a qildi

Germaniya Kantsleri Fridrix Merts G7 («Katta ettilik») sammiti doirasida Donald Trampga Germaniya milliy terma jamoasi futbolkasini sovg'a qildi. Unda Trampning familiyasi va 47-raqam tushirilgan — u AQShning 47-prezidenti ekaniga ishora sifatida.
Hozirda futbol bo'yicha Jahon chempionati — 2026 musobaqasi bo'lib o'tmoqda. AQSh, Kanada va Meksika turnirni mezbonlar davlatlar sifatida qabul qilmoqda.
AQSh milliy terma jamoasi start o'yinida Paragvay milliy terma jamoasi ustidan 4:1 hisobida yirik g'alabaga erishdi.
Germaniya milliy terma jamoasi ham final bosqichida ishtirok etmoqda. 1-turda nemislar Kyurasao milliy terma jamoasiga qarshi maydonga tushib, 7:1 hisobida ishonchli g'alaba qozondi.
Manba: championat.com