Merson Kerrik «Manchester Yunayted»da qolish uchun nima qilishi kerakligini aytdi

Londonning «Arsenal» klubi sobiq futbolchisi Pol Merson Maykl Kerrikning «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi sifatidagi istiqbollari haqida gapirdi.
«Uning doimiy ishga ega bo'lish uchun yagona imkoniyati — ketma-ket to'rtta mag'lubiyatga uchrab, keyin hammasini to'g'irlay olishida. Katta lavozimlarga nomzodlar aynan shunday seriyalardan keyin baholanadi. Masalan, Sulsher buni uddalay olmagan edi. Agar Maykl buni amalga oshira olsa, demak u bosimga dosh bera oladi», — deya ekspertning so'zlarini keltirmoqda Sportskeeda.
24 ta turdan so'ng «qizil iblislar» turnir jadvalida to'rtinchi pog'onani egallab turibdi. «MYu» navbatdagi o'yinini 7 fevral kuni Londonning «Tottenxem» jamoasiga qarshi o'tkazadi.