Merson: "Arsenal" hujumda Merino bilan APLda g'alaba qozona olmaydi"

Londonning "Arsenal" klubi sobiq futbolchisi Pol Mersonning fikricha, Mikel Merino doimiy ravishda hujumchi pozitsiyasida o'ynamasligi kerak.
O'tgan turda "kanonirlar" "Aston Villa"ga imkoniyatni boy berib qo'ygandi (1:2). Mikel Arteta jamoasi hamon Premer-ligada peshqadamlik qilmoqda, ammo "Manchester Siti" bilan farq endi u qadar katta emas - atigi ikki ochko, "Aston Villa" esa atigi uch ochkoga ortda qolmoqda.
"O'ylashimcha, Arteta "Aston Villa"ga qarshi o'yinda Merinodan hujumda foydalanishga qaror qilib, xato qilgan. Ha, u ko'plab muhim gollar urdi, ammo raqib ajoyib formada edi - bunday o'yinda Dyokereshga o'xshagan futbolchi kerak edi.
Siz yangi hujumchi uchun katta pul to'laysiz, keyin esa uni ketma-ket uchta o'yinda zaxirada qoldirasiz. Sog'-salomat bo'lgan Dyokeresh nega o'ynamayotganini tushunmayapman. Buni avval ham aytganman va yana bir bor aytaman: "Arsenal" hujumda Merino bilan o'ynashda davom etsa, APLda g'alaba qozona olmaydi," - deya Pol Mersonning so'zlarini keltiradi Arsenal News Channel.
Shanba kuni London grandi o'z maydonida "Vulverxempton"ni qabul qiladi.