Merino shifoxonadan muxlislariga murojaat yo'lladi

«Arsenal» yarim himoyachisi Mikel Merino oyoq kaftidagi jiddiy jarohatdan so'ng jarrohlik amaliyotini o'tadi. Futbolchi shifoxona palatasida tushgan suratini ijtimoiy tarmoqqa joylashtirdi va unga quyidagi so'zlarni ilova qildi:
«Operatsiya muvaffaqiyatli o'tdi! Endi safga qaytishga bir qadam yaqinroqman. Xabarlaringiz va qo'llab-quvvatlaganingiz uchun barchangizga katta rahmat — bu menga ushbu qiyinchilikni engib o'tish uchun yanada ko'proq kuch bag'ishlaydi», — deyiladi Merinoning bayonotida.
.png?trim=11,0,23,0&quality=75&auto=webp&width=1000)
2025/2026 yilgi mavsumda Mikel Merino 33 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga oltita gol va uchta golli uzatmani yozdirib qo'ygan edi.
Hozirda «Arsenal» Premer-ligada peshqadamlik qilmoqda va 2004 yildan beri ilk bor Angliya chempioni bo'lishga umid qilmoqda.