Merino JCh-2026 yarim finali oldidan Mbappe haqida fikr bildirdi

Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Mikel Merino mundialning 1/2 final uchrashuvi arafasida Frantsiya terma jamoasining yulduz hujumchisi Kilian Mbappe haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Mbappe jahon futbolidagi eng yaxshilardan biri. Kilian o'z darajasini har bir bahsda isbotlab kelmoqda. U ulkan iste'dod egasi. Jismoniy holati bo'yicha u ko'pchilikdan ustun turadi. Biz unga qarshi juda ehtiyotkorlik bilan o'ynashimiz kerak. U Frantsiyaning eng yaxshi futbolchilaridan biri», — deya yarim himoyachining so'zlarini keltiradi RMC Sport.
JCh-2026 da Mbappe sakkizta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar