Merino Frantsiyaga qarshi qanday o'ynash kerakligini aytdi

Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Mikel Merino jahon chempionati yarim finali doirasida Frantsiya terma jamoasiga qarshi bo'lib o'tadigan uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Merinoning ta'kidlashicha, bo'lajak o'yinda g'alaba qozonish uchun maksimal darajada diqqat-e'tiborni jamlash talab etiladi.
"Biz yuqori darajadagi o'yin ko'rsatishimiz kerak. O'z futbolimizni o'ynashimiz va maydonda, ayniqsa, hal qiluvchi vaziyatlarda ustunlik qilishimiz shart. Raqib yakkama-yakka kurashlarda kuchli va ko'proq individual yurishlarga tayanadi. Har birimiz yodda tutishimiz kerak: to'pga egalik qilayotgan har qanday futbolchi golli vaziyat yaratishga qodir. Xatoning bahosi juda yuqori, shuning uchun maksimal kontsentratsiya hamma uchun majburiydir", — deya Merinoning so'zlarini keltirmoqda Marca nashri.
Eslatib o'tamiz, Ispaniya va Frantsiya terma jamoalari o'rtasidagi yarim final uchrashuvi ertaga, 14 iyul kuni bo'lib o'tadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar