Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Mikel Merino JCh-2026 saralash o'yinida Turkiya darvozasini uch marotaba ishg'ol etdi.

“Arsenal” futbolchisi 22,45+1 va 57-daqiqalarda gollarga mualliflik qildi.

Shu tariqa, 29 yoshli Merino professional faoliyatida ilk bor xet-trikka erishdi.

Bunga qadar u klub va terma jamoada ham bundan ko'rsatkichga erisha olmagan.

Ma'lumot uchun, Mikel Ispaniya terma jamoasida 36 ta o'yinda o'z hisobiga 5 ta gol yozib qo'ygan.