Merino: «Ertami-kechmi, «Arsenal» Chempionlar ligasini yutadi»

Londonning «Arsenal» klubi yarim himoyachisi Mikel Merino jamoasining Chempionlar ligasi finalida «PSJ»dan uchralgan mag'lubiyatiga izoh berdi. Mikel Arteta shogirdlari penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berishdi. O'yinning asosiy va qo'shimcha vaqtlari 1:1 hisobida yakunlangan edi.
«Og'riq kuchli, ammo g'urur undan ham kuchliroq. Ushbu go'zal mavsumdagi qo'llab-quvvatlashingiz uchun barchangizga rahmat. Ertami-kechmi, klub bu sovringa loyiq bo'lganidek, uni albatta qo'lga kiritadi», — deb yozdi ispaniyalik yarim himoyachi ijtimoiy tarmoqlarda.
Yaqinda og'ir jarohatdan forig' bo'lgan Merino finalda ishtirok etmadi – u zaxira o'rindig'ida qoldi.
«PSJ» ketma-ket ikkinchi mavsum Chempionlar ligasida g'olib chiqdi. «Arsenal» esa hali bu turnirda zafar quchmagan.