"Milan" Menyan bilan 2028 yilgacha mo'ljallangan yangi shartnoma imzolashga urinib ko'rdi. Kelishuvda ish haqini yiliga 2,8 mln evrodan 5,5 mln evrogacha oshirish ko'zda tutilgan.

Calciomercato nashri xabariga ko'ra, futbolchi jamoada qolishdan bosh tortgan. Shundan so'ng hech qanday qo'shimcha muzokaralar olib borilmayapti, frantsuz yozda erkin agent maqomida ketishni kutmoqda.

Menyan "Milan"da 2021 yildan buyon to'p surib kelmoqda. Joriy mavsumda darvozabon klub safida 13 ta o'yinda maydonga tushdi.