Menyan faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin

«Milan» va Frantsiya terma jamoasi darvozaboni Mayk Menyan faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Matteo Morettoning bergan ma'lumotlariga ko'ra, «Chelsi» posbonni o'z safiga qo'shib olishga qiziqish bildirmoqda. London klubi frantsuzga bo'lgan qiziqishini qayta tikladi – «ko'klar» yozning boshidayoq futbolchi bilan shartnoma imzolashni xohlashgan edi. Menyanning o'zi ham «Stemford Bridj»ga ko'chib o'tishga qatiy qaror qilgan va transferni amalga oshirish uchun bor kuchini ishga solmoqda.
Mayk Menyan 2021 yilda «Lill»dan 16 million evro evaziga «Milan»ga o'tgan edi. Uning shartnomasi 2031 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Ortda qolgan 2025/26 yilgi mavsumda darvozabon «rossonerilar» safida barcha turnirlarda 41 ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 38 ta gol olib chiqdi va 16 ta uchrashuvda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar