Mendining «Real»dagi kelajagi ma'lum bo'ldi

Manba Madridning «Real» klubi 31 yoshli himoyachisi Ferlan Mendining jamoadagi kelajagi bo'yicha yangi ma'lumotlar bilan bo'lishdi.
Jarohatlar sababli futbolchining joriy transfer oynasida klubni tark etishi ehtimoli juda past. Mendining madridliklar bilan amaldagi mehnat shartnomasi yana ikki mavsum davomida kuchda bo'ladi. Transfermarkt portali frantsuz himoyachisining transfer bahosini 4 million evroga baholamoqda.
Yakunlangan mavsumda Ferlan Mendi «Real» safida bor-yo'g'i 9 ta o'yinda maydonga tushdi. Ushbu bahslarda himoyachi birorta ham samarali harakat bilan ajralib tura olmadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar