Mendi o'ziga yangi jamoa topdi

"Manchester Siti"ning sobiq chap qanot himoyachisi Polsha klubiga o'tadi.
Mashhur insayder Fabritsio Romano xabariga ko'ra, 31 yoshli Benjamen Mendi "Pogoni" klubi bilan 2027 yilgacha shartnoma imzolashga rozi bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, Mendi joriy yilning iyul oyida "Tsyurix"ni erkin agent maqomida tark etgan edi.