"Men uning muxlisiman": Semeno Ronaldu va Messi o'rtasida tanlov qildi

"Bornmut" vingeri Antuan Semeno zamonaviy futboldagi eng ommabop savolga javob berdi. Tez orada "Manchester Siti"ga ko'chib o'tishi mumkin bo'lgan 25 yoshli ganalik futbolchi Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi o'rtasida tanlov qildi.
- Messi, shubhasiz. Ronalduning yutuqlarini aslo kamsitmayman - u aql bovar qilmas. Bu ikki inson erishgan natijalar ajoyib, ammo men Messining muxlisiman," - deya Semenoning so'zlarini keltiradi AlbicelesteTalk.
40 yoshli Krishtianu Ronaldu ayni damda Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubida, 38 yoshli Lionel Messi esa AQShning "Inter Mayami" jamoasida to'p tepmoqda.