Memfis Depay Niderlandiya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylandi.

"Korintians" safida to'p surayotgan 31 yoshli hujumchi JCh-2026 saralashida Litva bilan o'yinda hisobni ochdi. U 11-daqiqada Kodi Gakponing uzatmasidan so'ng gol urdi.

Bu gol Depay uchun Niderlandiya terma jamoasi safida 104 ta o'yinda 51-gol bo'ldi. U Robin van Persining natijasini (102 o'yinda 50 ta gol) ortda qoldirdi va o'z mamlakati milliy terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylandi.