Meksikada bosh murabbiy almashdi

Meksika futbol federatsiyasi (FMF) «Barselona»ning sobiq himoyachisi Rafael Markes terma jamoaning yangi bosh murabbiyi etib tayinlanganini e'lon qildi.
47 yoshli mutaxassis Xaver Agirrening o'rnini egallaydi. Markes 2024 yilning yozidan boshlab Agirrening murabbiylar shtabida faoliyat yuritib kelayotgan edi. Ungacha Markes 2003–2010 yillarda futbolchi sifatida to'p tepgan «Barselona» klubining ikkinchi jamoasini boshqargan.
FMF direktori Duilio Davino aprel oyidayoq Markes Jahon chempionatidan so'ng terma jamoaga bosh murabbiy bo'lishini ma'lum qilgan edi.
Meksika terma jamoasi JCh-2026da 1/8 finalgacha etib bordi va u erda Angliyaga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar