Meksika va Belgiya terma jamoalari o'rtoqlik uchrashuvida durang qayd etishdi

Meksika terma jamoasi 2026 yil yozida bo'lib o'tadigan jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida Belgiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi. O'yin Mexiko shahridagi «Atsteka» stadionida bo'lib o'tdi va 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi.
Uchrashuvning 19-daqiqasida meksikalik himoyachi Xorxe Sanches hisobni ochdi. Ikkinchi bo'lim boshida, 46-daqiqada belgiyalik yarim himoyachi Dodi Lukebakio muvozanatni tikladi. Qolgan vaqtda hisob o'zgarmadi va jamoalar 1:1 hisobida durang o'ynashdi.
Ushbu jamoalar oxirgi marta 2017 yil noyabr oyida o'zaro o'rtoqlik uchrashuvida to'qnash kelgan edi. O'shanda ham bahs 3:3 hisobida durang bilan yakunlangan.
Avvalroq o'tkazilgan o'rtoqlik uchrashuvida Braziliya terma jamoasi Xorvatiyani 3:1 hisobida mag'lub etgandi.
O'rtoqlik o'yini
2026 yil 1 aprel, chorshanba. 06:00
Meksika — Belgiya — 1:1
Gollar: Sanches 19 (1:0), Lukebakio 46 (1:1)