FIFAning chiptalarni qayta sotish rasmiy portalida Jahon chempionati — 2026 musobaqasining 1/8 finalidan o'rin olgan Meksika va Angliya terma jamoalari o'rtasidagi o'yin uchun 30 ming dollarlik chiptalar paydo bo'ldi.

Xabar qilinishicha, ushbu chiptalar o'tgan yilning dekabr oyida bo'lib o'tgan qur'a tashlashdan so'ng angliyalik muxlislar tomonidan lotereya orqali sotib olingan edi.

Hozirda eng qimmat chiptalarning bittasi (donasi) 30 ming dollardan savdoga qo'yilgan. Vaholanki, ularning asl (nominal) qiymati 605 dollarni tashkil etadi.

Bundan tashqari, xaridor FIFAning 15 foizlik komissiya to'lovini ham to'lashi shart — bu chipta narxini 34 500 dollargacha oshiradi. Sotruvchi ham o'z navbatida FIFAga 15 foizlik komissiya — 4500 dollar to'lashi lozim bo'ladi.

Ayni damda sotuvda mavjud bo'lgan eng arzon chiptaning narxi 3448 dollarni tashkil etmoqda, uning asl (nominal) bahosi esa 295 dollar bo'lgan.

Manba: Stadion.uz