Meksika terma jamoasi 1994 yildan buyon sakkizinchi bor Jahon chempionatining 1/8 finalida mag'lub bo'ldi

Meksika terma jamoasi Jahon chempionati–2026 1/8 final uchrashuvida Angliya terma jamoasiga imkoniyatni boy berdi (2:3).
Bunga qadar jamoa jahon chempionatlarining 1/8 final bosqichida etti marotaba — 1994 yildan 2018 yilgacha bo'lgan davrda mag'lubiyatga uchragan edi. 2022 yilgi mundialda esa Meksika terma jamoasi guruh bosqichidan o'ta olmagan.
Meksika 1970 va 1986 yillardagi Jahon chempionatlarida chorak finalga qadar etib borgan. Ushbu bosqichda jamoa oxirgi marta bundan 40 yil avval to'p surgan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar