Meksika bosh murabbiyi JCh-2026dan chiqib ketganidan so'ng o'z fikrlarini bildirdi

Meksika terma jamoasi ustozi Xaver Agirre Jahon chempionati–2026 1/8 finali doirasida Angliya terma jamoasiga qarshi kechgan bahsdan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Mundial mezbonlari 2:3 hisobida mag'lubiyatga uchrab, turnirdagi ishtiroklarini yakunlashdi.
«Jamoa qo'lidan kelgan barcha ishni qildi. Futbolchilarimga e'tirozim yo'q. Bizga qarshi juda kuchli raqib o'ynadi. Bunday darajadagi uchrashuvlarda xatoga yo'l qo'yib bo'lmaydi. Biz o'zgarishlar bilan tavakkal qildik, son jihatdan ustunlikdan (son jihatdan ko'p bo'lib qolganimizdan) foydalanmoqchi edik, biroq bu o'xshamadi. Qo'llab-quvvatlaganliklari uchun barchaga rahmat aytaman», — deya mutaxassisning so'zlarini keltiradi FIFA matbuot xizmati.
Angliya terma jamoasi Jahon chempionatining chorak finaliga yo'l oldi va u erda Norvegiya bilan to'qnash keladi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar