"Manchester Yunayted" Angliya Premer-ligasining 15-turida safarda "Vulverxempton" ustidan yirik 4:1 hisobida g'alaba qozondi.

Mankunianliklar safida gollardan biriga mualliflik qilgan Brayan Mbeumo ushbu g'alabaga munosabat bildirdi.

"Olg'a yurishda davom etamiz!", - deb yozdi 26 yoshli kamerunlik futbolchi o'z Instagram sahifasida.

Mbeumo joriy mavsumda jami 15 ta o'yinda 6 ta gol urib, 1 ta golli pas berdi.