Mbeumo: "Menga "Manchester Yunayted" juda yoqadi"

"Manchester Yunayted" hujumchisi Brayan Mbeumo o'tgan yozda tarkibini to'ldirgan klubga moslashgani haqida gapirdi.
"To'g'risini aytsam, hissiyotlarim aql bovar qilmaydi. Bu erdagi muhit aqldan ozgan. Muxlislar ajoyib va gol urish har doim yoqimli, ayniqsa, bu stadionda. Menga bu er juda yoqadi. Boshida oson bo'lmadi - yangi muhit, yangi umidlar, lekin o'ylaymanki, hammasi to'g'ri yo'nalishda ketmoqda", - dedi futbolchi o'yindan so'ng.
"Manchester Yunayted" hisobidagi ochkolar soni 16 taga etdi va jamoa turnir jadvalida to'rtinchi o'rinda bormoqda.