Mbaye JCh-2026 uchrashuvidagi golidan so'ng Afrika futboli tarixiga kirdi

Senegal terma jamoasi hujumchisi Ibraima Mbaye jahon chempionatlari tarixidagi eng yosh afrikalik va senegallik to'purarga aylandi. Bu haqda Senego nashri xabar bermoqda.
JCh-2026 guruh bosqichi 1-turidan o'rin olgan Frantsiya terma jamoasiga qarshi o'yin vaqtida Mbaye 18 yosh-u 142 kunlik edi. Avvalgi rekord kimga tegishli bo'lganiga manba aniqlik kiritmagan.
Mbaye ikkinchi bo'limga qo'shib berilgan vaqtda gol urishga muvaffaq bo'ldi. U maydonning o'ng tomonidan jarima maydonchasiga yorib kirdi va hech qanday qarshiliksiz darvozaning yaqin burchagini aniq nishonga oldi. Oradan ko'p o'tmay, frantsuzlar javob golini urib, yakuniy hisobni o'z foydalariga 3:1 ko'rinishiga keltirishdi.
Klub darajasida Mbaye «PSJ» sharafini himoya qiladi. O'tgan mavsumda u asosiy tarkibda 30 ta o'yinda maydonga tushdi va o'z hisobiga 3 ta gol hamda 2 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.