Mbappesiz Frantsiyaning Islandiyaga qarshi asosiy tarkibi e'lon qilindi

Dushanba oqshomida JCh-2026 saralashi doirasida Frantsiya terma jamoasi safarda Islandiyaga qarshi bahs olib boradi. "Uch ranglilar" bosh murabbiyi Dide Desham quyidagi futbolchilarni dastlabki daqiqalardanoq maydonga tushirishga qaror qildi:
Menyan, Kunde, Upamekano, Saliba, Din, Kamavinga, Kone, Toven, Olise, Nkunku, Mateta.
Xabaringiz bor, hujumchi Kilian Mbappe olgan jarohati sabab Frantsiya terma jamoasiga yordam bera olmayapti.
Islandiya - Frantsiya uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 23:45da boshlanadi.