«Real» forvardi Kilian Mbappe Jahon chempionati oldidan «PSJ» hujumchisi Usmon Dembele bilan a'lo darajadagi munosabatda bo'lib turibdi. Bu haqda L’Equipe nashri xabar bermoqda.

Manbaning bergan ma'lumotlariga ko'ra, Mbappe tez-tez o'z yaqinlariga Dembele Frantsiya terma jamoasiga o'zidan ko'ra ancha ko'proq foyda keltirganini ta'kidlaydi. Futbolchilarning o'zaro munosabatlari juda samimiy bo'lib, ular terma jamoaning o'yin uslubi borasida doimiy ravishda fikr almashib turishadi.

Eslatib o'tamiz, JCh-2022da Frantsiya terma jamoasi finalgacha etib borib, unda Argentinaga imkoniyatni boy bergan edi. JCh-2018da esa frantsuzlar jahon chempionligini qo'lga kiritishgan.