Frantsiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Jan-Per Papen vinger Usmon Dembelening Braziliyaga qarshi yaqinda bo'lib o'tgan o'rtoqlik uchrashuvidagi ishtiroki haqida gapirdi. Ushbu bahsda «uchranglilar» 2:1 hisobida g'alaba qozonishgan edi.

«Hozirda uning uchun asosiy ustuvorlik — o'rtoqlik o'yini emas, balki Chempionlar ligasi 1/4 finali doirasidagi «Liverpul» bilan bo'ladigan to'qnashuvdir. Biroq, agar men uning o'rnida bo'lib, Mbappe bilan birga o'ynaganimda, Kilianga hozirda "Oltin to'p" aynan menda ekanligini ko'rsatib qo'ygan bo'lardim», — deya afsonaviy futbolchining so'zlarini keltirmoqda RMC Sport.

Joriy mavsumda Dembele 29 ta uchrashuvda ishtirok etdi. Hujumkor yarim himoyachi o'z hisobiga 12 ta gol va 8 ta golli uzatmani yozdirib qo'ygan.