Mbappedan oldin bu ishni faqat to'rt futbolchi amalga oshirgan edi

Madridning “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappe o'ziga xos natijaga erishdi.
Yakshanba kuni frantsiyalik futbolchi “Xetafe”ga qarshi bahsda gol urdi.
26 yoshli futbolchi La Liganing joriy mavsumida bor-yo'g'i 9 ta o'yin o'tkazganiga qaramay, o'nta golga ega. Mbappe so'nggi 70 yil ichida bu muvaffaqiyatga erishgan "Real"ning to'rtinchi futbolchisi bo'ldi. Undan avvalroq Alfredo Di Stefano, Amansio va Krishtianu Ronaldu bu natijaga erishgan.