"Real" klubi va Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe terma jamoaga Zinedin Zidan kelishi mumkinligi haqida gapirdi.

"Unga hech kim "yo'q" demaydi. Faqat ugina "yo'q" deyishi mumkin. Zidan kelsa - zo'r bo'ladi! Boshqasi bo'lsa ham mayli. U frantsuz futboli tarixida deyarli barcha huquqlarga ega bo'lgan yagona futbolchi," - deya Mbappening so'zlarini keltiradi L’Equipe.

Ayni paytda Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi 56 yoshli Dide Desham hisoblanadi. U terma jamoani 2012 yildan buyon boshqarib kelmoqda va uning amaldagi mehnat shartnomasi keyingi yilning yozigacha mo'ljallangan.