Frantsiya milliy terma jamoasining yulduz hujumchisi Kilian Mbappe mart oyidagi o'rtoqlik uchrashuvlaridan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

«Biz uchun ajoyib hafta bo'ldi. Biz zavq oldik. Yozda ko'rishguncha», — deya hujumchining so'zlarini insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarda keltirmoqda.

Mart oyida Frantsiya terma jamoasi ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi. Dide Desham shogirdlari Braziliyani (2:1) va Kolumbiyani (3:1) mag'lubiyatga uchratishdi.

Shu yilning yozida «uchranglilar» JCh-2026 musobaqasida ishtirok etadilar. Frantsuzlar Norvegiya, Senegal hamda Boliviya – Iroq juftligi g'olibi bilan bir guruhdan joy olishgan.

Ma'lumot uchun, Frantsiya hozirda amaldagi jahon vitse-chempioni hisoblanadi. Jahon chempioni unvoni esa Argentina terma jamoasiga tegishli.