Mbappe yana to'pig'idan jarohat oldi

Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham ma'lum qilishicha, milliy jamoa sardori va hujumchisi Kilian Mbappe yana to'pig'ini jarohatlab oldi. Bu holat jahon chempionati–2026 saralash bosqichidan o'rin olgan Frantsiya — Ozarbayjon (3:0) uchrashuvi vaqtida yuz berdi. «Real» forvardi 83-daqiqada zaxiraga olindi.
«Bu o'sha oyoq, avval ham u erda jarohat bor edi. Kilian dam olganida og'riq kamayadi, lekin o'yin paytida raqib bilan to'qnashuvlardan qochib bo'lmaydi. Hozircha vaziyatni baholaymiz. Mbappeda noqulaylik bor, bu yaxshi emas», — deb Deshamning so'zlarini keltirmoqda jurnalist Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmog'ida.
Avvalroq xabar berilishicha, Mbappe Ozarbayjonga qarshi o'yin arafasida terma jamoa bilan to'liq mashg'ulot o'tkazmagan, buning sababi — to'pig'idagi jarohatning qayta bezovta qila boshlagan.