Futbolchi Kilian Mbappe kelajakda Frantsiya prezidenti bo'lish imkoniyatini baholadi. U bunday variantni umuman ko'rib chiqmayotganini tan oldi. Kilian siyosiy faoliyatsiz ham uni yomon ko'ruvchilar etarli ekanligini aytib, hazil qildi.

Mbappening so'zlariga ko'ra, faoliyatini yakunlaganidan keyin u ko'zdan yiroqroq bo'lishni afzal ko'radi. Shunga qaramay, futbolchi ko'pchilik unga siyosiy karera boshlashni maslahat berayotganini ta'kidlab o'tdi.

«Xavotir olmang, men Frantsiya prezidenti bo'lishni rejalashtirmayapman. Bu haqda menga ko'pchilik gapiradi, lekin bu mening rejalarimga kirmaydi. Meni shundoq ham etarlicha yomon ko'rishadi (kuladi). Men kelajakda ko'proq ko'zdan yiroqda bo'lishni xohlayman», — dedi Mbappe.