Mbappe Xabi Alonso haqidagi fikrlarini bildirdi

"Real" hujumchisi Kilian Mbappe yozda Karlo Anchelottining o'rnini egallagan jamoa bosh murabbiyi Xabi Alonso haqida fikr bildirdi.
"Menda Xabi Alonso ajoyib taassurot qoldirdi. Unda muvaffaqiyatga erishmoqchi bo'lgan kishini ko'ryapman. U klubni juda yaxshi biladi, chunki o'zi bu erda o'ynagan. Biz shunchaki uning aytganlarini amalga oshirishga harakat qilamiz. Biz uning rejasini tushunishga harakat qilyapmiz," - deya Mbappening so'zlarini keltiradi BILD.
Xabi Alonso yozda "Real" boshqaruviga kelgandi. Uning qo'l ostida jamoa klublar o'rtasidagi JCh-2025da yarim finalga chiqdi va u erda "PSJ"ga yutqazdi (0:4).