"Real" hujumchisi Kilian Mbappe dam olish kunlari muxlislar tomonidan qattiq hushtakbozlikka duch kelgan Vinisius Juniorni himoya qildi.

"Men hushtak chalgan muxlislarni tushunmayman. Biz juda ko'p xatolar qilayapmiz. Bu holat menga yoqmadi — agar hushtakbozlik bo'lsa, butun jamoaga bo'lishi kerak. Bitta futbolchini ajratib ko'rsatib bo'lmaydi. Biz jamoa sifatida yomon o'ynayapmiz.

Bu Vinisiusning aybi emas. U ajoyib futbolchi. U juda yaxshi inson, u men uchun juda qadrli. Biz uni yaxshiroq himoya qilishimiz kerak, u hammaga qarshi yolg'iz qolmasligi shart.

"Real"da u yolg'iz emas. Biz barchamiz u bilanmiz", — deya Mbappening so'zlarini keltirdi insayder Fabritsio Romano.

Seshanba kuni, 20 yanvar sanasida, "Real" Chempionlar ligasi doirasida "Monako"ni qabul qiladi.