Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappe hujumdagi braziliyalik sheriklari - Vinisius Junior va Rodrigo haqida gapirdi.

Seshanba kuni frantsuz "Qayrat"ga qarshi o'yinda (5:0) xet-trik qayd etdi. Uchrashuv yakunlangach, jurnalistlar hujumchidan braziliyalik jamoadoshlari haqida so'rashdi.

"Vinisius va Rodrigo - jahon darajasidagi o'yinchilar. Ular har xil, lekin ikkisi ham biz uchun juda muhim. Ular bilan o'ynayotganimdan juda faxrlanaman, o'zaro munosabatlarimiz juda yaxshi," - dedi Mbappe TNT Sports’ga bergan intervyusida.

4 oktyabr, shanba kuni La Liganing 8-turida Xabi Alonso jamoasi o'z maydonida "Vilyarreal"ni qabul qiladi.