23 sentyabr kuni Madridning “Real” klubi Ispaniya chempionatining 6-turida “Levante” ustidan mehmonda 4:1 hisobida g'alaba qozondi.

Hujumchi Kilian Mbappe raqib darvozasini ikki bor ishg'ol qildi. Frantsiyalik hujumchi La Ligada "Real" safida 38 ta gol urdi.

Bu ko'rsatkich bilan u afsonaviy vatandoshi Zinedin Zidanni, shuningdek, ispaniyalik Marko Asensio va Iskoni ortda qoldirdi.

26 yoshli Mbappe joriy mavsum Ispaniya chempionatida 6 ta o'yinda maydonga tushdi. Hujumchi ettita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.