Mbappe va yana ikki futbolchi: Xabi Alonso "Chelsi" uchun yozgi uchta asosiy transfer nishonini belgilab oldi

"Chelsi"ning yangi bosh murabbiyi Xabi Alonso londonliklarning yozgi transfer strategiyasini ishlab chiqishni boshladi. CentreGoalHQ nashrining ma'lumotlariga ko'ra, ispaniyalik mutaxassis "ko'klar" rahbariyatiga o'zi sotib olmoqchi bo'lgan futbolchilarning qisqacha ro'yxatini (short-list) taqdim etgan.
Alonso transfer bozoridagi uchta asosiy nishonni allaqachon tasdiqlab bo'ldi — bular "Bayer"dan Viktor Bonifase, "Sanderlend"dan Granit Jaka va "Real"dan Kilian Mbappedir. Ushbu futbolchilarning har biri o'z vaqtida Alonso qo'l ostida to'p surgan: Bonifase va Jaka — "Bayer"da, Mbappe esa — "Real"da.
Eslatib o'tamiz, "Chelsi" 17 may kuni Xabi Alonso jamoa bosh murabbiyi etib tayinlanganini rasman e'lon qilgan edi. Ispaniyalik mutaxassis bilan 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolangan.