Mbappe: "Upamekano katta klubda o'ynaydi, ammo undan kattaroq jamoalar ham bor"

Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappe Frantsiya terma jamoasidagi jamoadoshi, "Bavariya" himoyachisi Dayo Upamekano haqida fikr bildirdi.
"Upamekano katta klubda o'ynaydi... Undanda kattaroq jamoalar ko'p emas, lekin bor.
Men faqat shuni aytishim mumkinki bunday futbolchi haqida gapirganingizda, barcha klublar uni xohlashadi.
U bu mavsumda dunyoning eng yaxshi himoyachilari orasida muhokama qilinmoqda", - dedi Mbappe.
Avvalroq Upamekanoni qo'lga kiritish uchun "Real", "PSJ" va ingliz grandlari harakat qilishi mumkinligi aytilgan edi.