Mbappe top-ligalarda o'yindan gol urish bo'yicha ikkinchi, Keyn uchinchi o'rinda

Evropaning etakchi ligalarida mavsum yakunida "Oltin butsa" uchun kurashadigan asosiy to'purarlar uchligi ajralib turibdi. Gap "Manchester Siti"dan Erling Xoland, "Real"dan Kilian Mbappe va "Bavariya"dan Xarri Keyn haqida ketmoqda.
Penaltidan urilgan gollarni olib tashlasak, norvegiyalik to'qqizta gol bilan beshta etakchi chempionat to'purarlari ro'yxatida etakchilik qilmoqda (birorta ham 11 metrlik zarbadan gol yo'q), deya ta'kidlaydi WhoScored. Keyingi o'rinda Mbappe - o'yindan 7ta gol, uchinchi o'rinda Keyn - 6ta gol. To'rtinchi pog'onani Kristian Pulishich ("Milan") va Seru Girassi ("Borussiya" Dortmund) bo'lishib turibdi - 4 tadan gol.
Darvoqe, penaltilardan gol urishda Xarri Keynga teng keladigani yo'q - to'rtta.