Kilian Mbappe ketma-ket to'rtinchi o'yinda gol urdi.

"Real" forvardi Chempionlar Ligasi umumiy bosqichidan o'rin olgan "Benfika"ga qarshi o'yinning 30-daqiqasida hisobni ochdi. 58-daqiqada Mbappe dubl qayd etdi.

Avvalroq u "Vilyarreal" va "Monako" bilan o'yinlarda dubl qayd etgan, shuningdek, "Levante"ga bir marta gol urgan.