Mbappe safga qaytdi: «Real»ning «Ovedo»ga qarshi qaydnomasi e'lon qilindi

Madridning «Real» klubi La Liga doirasida «Real Ovedo»ga qarshi kechadigan bahs uchun futbolchilar ro'yxatini ma'lum qildi. Jamoa bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa bo'lajak o'yin uchun quyidagi o'yinchilarni qaydnomaga kiritdi:
Darvozabonlar: Kurtua, Fran Gonsales, Mestre.
Himoyachilar: Karvaxal, Alaba, Trent, Asensio, Karreras, Fran Garsiya, Ryudiger, Xosep Martines.
Yarim himoyachilar: Bellingem, Kamavinga, Tchuameni, Pitarch, Palasios.
Hujumchilar: Vinisius, Mbappe, Gonsalo Garsiya, Braim Dias, Mastantuono, Yanes.
E'tiborli jihati, «qaymoqranglilar»ning hujumchisi Kilian Mbappe jarohatidan tiklanib, safga qaytgan. Frantsiyalik yulduz mushaklaridagi muammo sababli jamoasining so'nggi bir nechta o'yinlarini o'tkazib yuborgan edi.