Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappe klubning sobiq yulduzi Krishtianu Ronaldu bilan taqqoslanishi haqida gapirdi.

Chorshanba kuni frantsiyalik futbolchi Gretsiyaning "Olimpiakos" klubiga qarshi o'yinda poker qayd etdi (4:3).

"Ronaldu? U erishgan natijaga "Real"da erishish uchun uzoq yo'lni bosib o'tishim kerak," - deya "qaymoqranglilar"ning 26 yoshli forvardining so'zlarini keltiradi Madrid Xtra.

Kilian Mbappe Evropa Chempionlar Ligasining joriy mavsumi to'purarlari ro'yxatida umumiy bosqichning 5 turidan keyin kiritilgan 9 ta gol bilan yaqqol peshqadamlik qilmoqda.