Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappe faoliyati davomida urgan gollari soni bo'yicha afsonaviy Ronaldoga etib oldi.

27 yoshli frantsuz seshanba kuni EChL doirasida "Monako"ga qarshi o'yinda (6:1) dubl qayd etdi. "Qaymoqranglilar" forvardi hisobida endi 414 ta gol bor - 15 yil oldin butsalarini mixga ilgan braziliyalik Ronaldo ham shuncha gol urgan.

Ronaldo ikki karra jahon chempioni va ikki karra "Oltin to'p" sohibi hisoblanadi. 2002 yilning yozidan 2007 yilning boshigacha u "Real" sharafini himoya qilgan.

Kilian Mbappe 2024 yilning yozida "PSJ"dan erkin agent sifatida "qirollik klubi"ga o'tgandi. Madridliklar hujumkor etakchisi Chempionlar ligasining joriy mavsumida 11 ta gol bilan to'purarlar ro'yxatida peshqadamlik qilmoqda.