Mbappe rekordlarni yangilashda davom etyapti

Frantsiya uchun Paragvayga qarshi kechgan JCh-2026 1/8 final uchrashuvi maksimal darajada og'ir o'tdi: yopiq o'yin, raqibning zich himoyasi va qo'pol qoidabuzarliklarning ko'pligi. Bunday lahzalarda esa Frantsiyaning doim birgina xaloskori bor.
Kilian Mbappe paragvayliklarning qarshiligini sindirgan va Frantsiyani chorak finalga olib chiqqan g'alaba to'pini kiritdi.
Bu gol biz mundiallarda Mbappe davrida yashayotganimizni yana bir bor eslatib qo'ydi. Uning 27 yoshga to'lguniga qadar qayd etayotgan raqamlari aql bovar qilmas darajada: hozirning o'zidayoq u jahon chempionatlari pley-off bosqichi tarixidagi eng yaxshi to'purarlar ro'yxatini yakka peshqadam sifatida boshqarib, o'tmish afsonalaridan o'zib ketdi:
11 ta gol — Kilian Mbappe
8 ta gol — Ronaldo
8 ta gol — Leonidas
Mbappe Frantsiya terma jamoasi safida jahon chempionatlarida Terri Anri, Olive Jiru, Zinedin Zidan va Karim Benzema birgalikda kiritganchalik gol (19 ta) urdi!
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar