Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappe jamoaning tibbiy xizmatlaridan mamnun emas.

Marca xabariga ko'ra, 27 yoshli frantsuz tizza jarohati bo'yicha boshqa shifokorlarning fikrini bilish uchun Frantsiyaga safar qiladi.

U "qaymoqranglilar" tibbiy shtabi 3 oydan buyon tizza jarohatini davolay olmaganidan hayratda qolgan.

Ma'lumotlarga ko'ra, forvard 3 hafta ichida safga qaytishi mumkin.